“O‘quvchilar uchun natijaga erishish-o‘quv jarayonini takomillashtirishning eng samarali usuli: V.K.Starodubseva motivlar o‘quv jarayoni va materialni o‘zlashtirishning harakatlantiruvchi kuchidir”. Muallifning fikriga ko‘ra, natijaga erishish motivatsiyasi-bu shaxsning ma’lum bir o‘rganish mavzusiga ham, butun ta’lim jarayoniga munosabatini o‘zgartirishning juda samarali jarayonidir. E.A.Kuzmin so‘zlariga va Maslova T.M so‘zlariga ko‘ra: “O‘quvchi uchun hayotda yuqori cho‘qqilarga erishish va o‘z-o‘zini rivojlantirib borishi uchun doimiy muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi zarur hisoblanadi.” Amerjanova Sh.K so‘zlariga ko‘ra, “Bugungi kunda o‘quvchining muvaffaqiyati har bir inson hayoti samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir